💬 Tomonlar hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga jalb qilish, kelgusida kompaniyaning mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar oʻquv rejalari, fan dasturlari hamda oʻquv adabiyotlarini yangi talablar asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu futbol musobaqasida TATU jamoasi Sirdaryo jamoasi bilan bo‘lgan bahsda 4:1 hisobda g‘alabani qo‘lga kiritib yarim finalga yo‘l olishdi.
Shu kuni barchani shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi transport vositalaridan foydalanishga chorlaymiz.
Oʻzbekistonda pochta xizmatini amalga oshiruvchi "Оʻzbekiston pochtasi" AJga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari tashrif buyurdi.
“Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga keng qamrovli bulutli xizmatlar, kontentni yetkazib berish, hosting yechimlari bo‘yicha xalqaro yetakchi "Gcore" kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.