O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonun bilan tasdiqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020-2021 o‘quv yili uchun Vazirlikning stipendiyasiga nomzod boʻladigan oʻquvchi va talabalarning hujjatlarini qabul qilishni boshladi.
Barchangizni yaqinlashib kelayotgan ulugʻ ayyom – mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.
7-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligiga bagʻishlab, “Yangi Oʻzbekiston va barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti B.Boboyorov maʼruza qildi.
Yunusobod tumanidagi 250-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 2020-yil 3-dekabr kuni kafedra mudiri, professor I.X. Siddikov boshchiligida kafedra aʼzolaridan dotsent Sattarov X.A., assistent Saidova G.E. va kafedra doktoranti Xasanov D. lar tashrif buyurdi.
Joriy yilning 1-noyabridan boshlab Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oracle Akademiyasi bilan hamkorlikda “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Oracle APEX, Oracle Cloud, Java Fundamentals” onlayn darslari tashkil etildi.