Boshqarma boshlig‘i:
Shaxobiddinov Alisher Shopatxiddinovich
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (10:00-16:00)
Qabul va talabalar registrator boshqarmasi bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga hamda kunduzgi magistraturaga talabalikka qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash, o‘quv yili davomida talabalarga va fuqarolarga universitet faoliyati bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Boshqarma tarkibi
Boshqarmada 1 nafar boshqarma boshlig‘i va 2 nafar bo‘lim boshliqlari faoliyat yuritadilar. Boshqarma tarkibidagi Qabul bo‘limi talabalikka qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, tiklash kabi ishlarni amalga oshiradi. Talabalar registrator bo‘limi o‘quv yili davomida barcha talabalarga va bitiruvchilarga so‘rovlari bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatib boradi.
Boshqarmaning asosiy vazifalari
- Oliy ta’lim tizimida xizmatlar ko‘lamini oshirish va ularni avtomatlashtirish;
- Talabalarni fakultetlar, bo‘limlar va kafedralar tomonidan taqdim etiladigan o‘quv dasturlari va boshqa akademik hujjatlar bilan ta’minlanishini tashkil qilish;
- Talabalarning shaxsiy hujjatlari, reyting qaydnomalari va shu kabi boshqa hujjatlar asosida xizmat turlariri taqdim qilish va boshqalar.