


Yoshlar kuni munosabati bilan talablarni bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, “O‘zmilliybank” AJ hamda “Kelajakka qadam” markazi vakillari ishtirokida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan seminar-uchrashuv tashkil etildi.
👥 Ushbu tadbirda, 2025-yil 14-fevraldagi Davlatimiz Rahbarining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorida belgilangan vazifalar hamda bitiruvchi yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni biznes faoliyatiga yo‘naltirish, innovatsion va istiqbolli biznes g‘oyalarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.
✅Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar paketi, imtiyozli kreditlar va yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan talabalar yaqindan tanishdilar.
💬 Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollari bilan murojaat qilib, mutasaddi rahbarlardan batafsil javob oldilar.
✅ Mazkur tadbir bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlarini ta’minlash yo‘lida muhim hisoblanadi.