Rossiya Federatsiyasining Sibir federal universiteti (SFU)da 2026-yil 6–19-iyul kunlari tashkil etilgan xalqaro yozgi lager dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.

  • Home
  • Rossiya Federatsiyasining Sibir federal universiteti (SFU)da 2026-yil 6–19-iyul kunlari tashkil etilgan xalqaro yozgi lager dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.



TATUning yozgi lagerda faol ishtirok etgan talabalari xalqaro namunadagi sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, TATUning 3 nafar professor-o‘qituvchisiga SFUda 152 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun diplomlar topshirildi.

Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilarimizga SFU talabalari uchun kiberxavfsizlik asoslari, sun’iy intellekt, loyihalarni boshqarish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish mavzularida ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borganliklari uchun xalqaro sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur natijalar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Sibir federal universiteti o‘rtasidagi xalqaro ilmiy-akademik hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarimizni ushbu yuksak yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!