Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Sulton Idris Ta’lim Universiteti (UPSI)da amaliyot va almashinuv dasturida ishtirok etmoqda.

  • Home
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Sulton Idris Ta’lim Universiteti (UPSI)da amaliyot va almashinuv dasturida ishtirok etmoqda.

Talabalar hozirda UPSI tomonidan tashkil etilgan turli yo‘nalishlardagi o‘quv treninglari, amaliy mashg‘ulotlar va madaniy dasturlarda faol qatnashishmoqda.

Dastur davomida ular quyidagi yo‘nalishlarda bilim va tajriba orttirmoqda:
⏺ 3D modellash va animatsiya bo‘yicha treninglar
⏺Foto va vizual san’at bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
⏺ Raqamli o‘yinlar va gamifikatsiya bo‘yicha darslar
⏺ Malayziyaning madaniy meros obyektlariga tashriflar
⏺ Kuala Lumpur va Terengganu shaharlarida o‘quv-amaliy faoliyatlar

👀TATU va UPSI o‘rtasidagi ushbu hamkorlik talabalarimizga xalqaro tajriba, yangi ko‘nikmalar va global ta’lim muhitida o‘zini sinab ko‘rish imkonini bermoqda.