Talabalar hozirda UPSI tomonidan tashkil etilgan turli yo‘nalishlardagi o‘quv treninglari, amaliy mashg‘ulotlar va madaniy dasturlarda faol qatnashishmoqda.
Dastur davomida ular quyidagi yo‘nalishlarda bilim va tajriba orttirmoqda:
⏺ 3D modellash va animatsiya bo‘yicha treninglar
⏺Foto va vizual san’at bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
⏺ Raqamli o‘yinlar va gamifikatsiya bo‘yicha darslar
⏺ Malayziyaning madaniy meros obyektlariga tashriflar
⏺ Kuala Lumpur va Terengganu shaharlarida o‘quv-amaliy faoliyatlar
👀TATU va UPSI o‘rtasidagi ushbu hamkorlik talabalarimizga xalqaro tajriba, yangi ko‘nikmalar va global ta’lim muhitida o‘zini sinab ko‘rish imkonini bermoqda.


