


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bugun o‘zgacha ruh va bayramona kayfiyat hukm surdi.
Universitetning O‘zbek va rus tillari kafedrasi qoshida “O‘zbek tili” markazi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashabbus so‘z mulkining sultoni — Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektor boschiligidagi rahbariyat vakillari, professor-o‘qituvchilar, AKTSIM fakulteti ustozlari, tyutorlari hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida:
— rektor prof. B.Sh. Maxkamov;
— kafedra mudiri S.X. Abdullayeva;
— kafedra professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi G.X. Mansurova so‘zga chiqib, ona tilimizning ta’lim va ma’naviyatdagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Rektor o‘z nutqida joriy o‘quv yilida universitetda Ingliz, Nemis, Rus tillari markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab, bugun ushbu markazlar safiga “O‘zbek tili” markazining qo‘shilgani muhim va quvonarli voqea ekanini qayd etdi.
Tadbir yakunida ramziy sovg‘alar — kitoblar universitet rahbariyatiga taqdim etildi va tadbir ko‘tarinki ruhda yakunlandi.
Ona tiliga e’tibor — millatga e’tibor!