24-27 aprel kunlari Fransiyaning Pyer va Mariya Kyuri universitetida (Sorbonne UPMC) Evropa Ittifoqining ERASMUS+ “TechReh” loyihasi asosida ishchi seminar bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori F.S.Agzamov, Axborot kutubxona tizimlari kafedra mudiri dotsent B.I.G‘aniyeva, professor M.A.Raxmatullayev, katta o‘qituvchi K.E.Shukurovlar ishtirok etishmoqda. Shuningdek, mazkur seminarda TATUning Qarshi filiali direktori F.Raxmatov, filialning Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri dotsent O.Turgunov va katta o‘qituvchisi Sh.Normatovlar qatnashmoqda. Yevropa mamlakatlaridan Italiyaning Sannio universiteti (University of Sannio), Bolgariyaning Plovdiv universiteti, Portugaliyadan hamkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tayapti. Mazkur xamkorlik doirasidagi ishchi seminarda “TechReh” loyihasi asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “Meditsinada kompyuter texnologiyalari” yangi magistratura mutaxassisligini ochish bo‘yicha o‘quv reja loyihasi muhokamasi, hamda ushbu mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha laboratoriya qurilmalarini texnik xarakteristikalarini muhokama qilindi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va uning Qarshi filiali uchun 80 000 yevro miqdorida yangi o‘quv laboratoriyasini yetkazib berish masalasi xal etilib, shu bilan bir qatorda Sarbonaning Pyer va Mariya Kyuri universitetida 2017 - 2018 o‘quv yilida bir nafar talabani “Meditsinada kompyuter texnologiyalari” bo‘yicha 5 oylik stajirovka o‘tashga yuborishga kelishildi