TATUda “Talabalarni bilim va malakalarini baholash usul va vositalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

  • Home
  • TATUda “Talabalarni bilim va malakalarini baholash usul va vositalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

2025-yil 4- va 6-dekabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir davomida:
⏺2025/2026 o‘quv yilining kuzgi semestri uchun yakuniy nazorat jarayonlarini samarali tashkil etish;
⏺yozma va test shaklidagi yakuniy nazorat savollarini sifatli tayyorlash;
⏺baholash mezonlarini aniqlas;
⏺talabalarning bilimini xolis va shaffof baholash masalalari batafsil muhokama qilindi.

💬 Seminar-trening professor-o‘qituvchilarning baholash jarayonidagi professional yondashuvini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.