2025-yil 4- va 6-dekabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
⏺2025/2026 o‘quv yilining kuzgi semestri uchun yakuniy nazorat jarayonlarini samarali tashkil etish;
⏺yozma va test shaklidagi yakuniy nazorat savollarini sifatli tayyorlash;
⏺baholash mezonlarini aniqlas;
⏺talabalarning bilimini xolis va shaffof baholash masalalari batafsil muhokama qilindi.
💬 Seminar-trening professor-o‘qituvchilarning baholash jarayonidagi professional yondashuvini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.


