TATUda muhim hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  • Home
  • TATUda muhim hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 

TATUda muhim hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi” direktori A. Eshankulov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, mahalliy va xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish, talabalarni xalqaro sertifikatlarga tayyorlash tizimini kuchaytirish hamda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolariga universitetda tashkil etilgan oliy muhandislik maktabi, Living Lab hamda FabLab, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, ilg‘or innovatsion loyihalar tanishtirildi.


Mazkur tashrif TATUda ta’lim sifatini oshirish, talabalarni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ularni xalqaro darajadagi mutaxassis sifatida shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.