TATU va Avstriyaning Klagenfurt universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

  • Home
  • TATU va Avstriyaning Klagenfurt universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Yaxshibayev hamda Radio va mobil aloqa fakulteti dekani X.Nosirovdan iborat delegatsiya ERASMUS+ KA171 mobillik loyihasi doirasida Avstriyaning Klagenfurt universitetiga xizmat safarini amalga oshirdi.

🗒 Tashrif davomida Klagenfurt universitetining yoshlar bilan ishlashga ixtisoslashgan bir qancha tarkibiy bo‘linmalari, jumladan:

⏺"Tyutorlik va mentorlik xizmat ko‘rsatish nuqtasi"

⏺"Yotoqxonalar xizmati"

⏺"Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘limi" hamda "Sport instituti" faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔎 Shuningdek, delegatsiya a’zolari universitetning "Texnika fanlari fakulteti" bilan bevosita muloqotda bo‘lib, fakultetda olib borilayotgan ta’lim va ilmiy-texnik loyihalar, ularning yoshlar salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashdilar.

🤝 Tashrif yakunida tomonlar o‘rtasida yoshlar siyosati, talabalarga xizmat ko‘rsatish tizimi va akademik hamkorlik yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.