MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI (TATU) AKADEMIK LITSEYIDA 2020-2021 OʻQUV YILI UCHUN HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

  • Home
  • MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI (TATU) AKADEMIK LITSEYIDA 2020-2021 OʻQUV YILI UCHUN HUJJATLAR QABUL QILISH BOSHLANDI

Akademik litseyda quyidagi yoʻnalishlarda taʼlim beriladi:

  • aniq fanlar-1 (texnika) yoʻnalishi (bunda matematika, fizika, ona tili va adabiyoti fanlari chuqur oʻrgatiladi);
  • aniq fanlar-2 (iqtisod) yoʻnalishi (bunda matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyoti fanlari chuqur oʻrgatiladi);

Akademik litseyda taʼlim rus va oʻzbek tillarida olib boriladi. Oʻqish muddati 2 yil.

9-sinf bitiruvchisi, uning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan akademik litseyda tashkil etilgan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili, shakli koʻrsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yoʻnalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni oʻtkazish qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;
  • 3x4sm oʻlchamdagi 6ta rangli fotosurat.

Tanlovdan tashqari oʻqishga imtiyozli kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar gʻoliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan fan olimpiadalari III bosqichida 1-5 oʻrinlarni egallagan 9- sinf bitiruvchilari saralash imtihonidan ozod etiladi va akademik litseyning taalluqli taʼlim yoʻnalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.

Vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan tanlov va musobaqalarning respublika bosqichida 1-3-oʻrinlarni egallagan 9-sinf oʻquvchilari ushbu vazirliklar va idoralar tizimidagi akademik litseyga oʻtkaziladigan saralash imtihonlaridan ozod qilinadi va tegishli akademik litseyning taalluqli taʼlim yoʻnalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.

Oʻquvchilarni akademik litseyga oʻqishga qabul qilish boʻyicha saralash imtihonlari joriy yilning 10-iyulidan 25-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi “Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi”gi 212-sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Shuningdek, akademik litseyda oʻqish istagini bildirgan 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarini masofadan turib topshirishlari mumkin.

Bunda quyida koʻrsatilgan Maslahat kengashi aʼzolarining telefon raqamlari orqali bogʻlanasiz:

+99890 189 00 51,

+99890 961 86 86,

+99871235 03 69.

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 112 uy.

Moʻljal: Bodomzor metrosidan Hayvonot bogʻi tomon 1 bekat yuriladi.

Transport: 19, 38, 50, 63, 115-avtobuslar; 12i, 140, 192- marshrut taksi.

Faks: (+99871) 234 50 46.

Web site: www.itlyceum.uz

E-mail: tatu-al@mail.ru

TATU matbuot xizmati