☄️ Talabalar uchun xushxabar: to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplashda yordam beriladi!
❗️Endilikda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan a’zolari to‘lov-kontrakt summasining bir qismini “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan qoplanishiga onlayn ariza topshirishlari mumkin.
❓ Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🎓 Mazkur yordamdan faqat kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o'qiydigan quyidagi shaxslar foydalanishi mumkin:
🟢 professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari;
🟢 davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari;
🟢 O‘zbekiston hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar.
🏧 Yordam miqdori to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab berilishi mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunini tashkil etadi.
`
❗ Mazkur yordam quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
🗄 ikkinchi va undan keyingi mutaxassislikda tahsil olayotganlar;
🗄 sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklida o‘qiyotganlar;
🗄 qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olayotganlar;
🗄 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, ya’ni “super-kontrakt” asosida o‘qiyotganlar.
❔Jarayon qanday amalga oshiriladi?
⏺ Talabgor my.gov.uz orqali onlayn ariza topshiradi.
⏺ Ariza “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqiladi.
⏺ Ijobiy qaror qabul qilingach, mablag‘ ijtimoiy shartnoma shartlarining dastlabki oyda bajarilish darajasiga qarab, ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Mazkur imkoniyat yoshlarning ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ta’lim xarajatlari bo‘yicha moliyaviy yukni kamaytirishga xizmat qiladi.