“Sun'iy intellekt asoslari” fan Olimpiadasi universitet talabalari o‘rtasida 2026-yilning 5-6-may kunlari Sun'iy intellekt kafedrasi tomonidan tashkil etilmoqda!

  • Home
  • “Sun'iy intellekt asoslari” fan Olimpiadasi universitet talabalari o‘rtasida 2026-yilning 5-6-may kunlari Sun'iy intellekt kafedrasi tomonidan tashkil etilmoqda!
🤖“Sun'iy intellekt asoslari” fan Olimpiadasi universitet talabalari o‘rtasida 2026-yilning 5-6-may kunlari Sun'iy intellekt kafedrasi tomonidan tashkil etilmoqda!
 
🔵Ushbu fan olimpiadasi ishtirokchilar uchun o‘zlarining kreativ g‘oyalari va sun'iy intellekt modellarini real topshiriqlar orqali sinovdan o‘tkazish, sohada professional tajriba orttirish hamda iqtidorli, yuqori texnologiyalarga intiluvchan talaba yoshlarni kashf etish va rag‘batlantirish imkonini yaratadi.
 
❔Olimpiada sizga nima beradi?
✅  Sun'iy intellekt algoritmlari va amaliy dasturlashda o‘z kuchingizni sinash;
✅  Iqtidorli talabalar orasida yetakchilik va nufuzli networking;
✅  Maxsus sertifikatlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari;
✅  Yangi texnologik g‘oyalar va mativatsiya.
 
❗️ Fan olimpiadasi shartlari:
 1. Sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish algoritmlari bo‘yicha masalalar yechish.
 2. Mashinali o‘qitish modellari parametrlarini hisoblash va sozlash.
 3. Dasturiy muhitda (Python / Jupyter / Google Colab) modellarni yaratish, simulyatsiya va tahlil qilish.
 4. Real muammo uchun Sun'iy intellekt yechim ishlab chiqish.
 
🚀Qo'shimcha ma'lumotlar telegram guruhda berib boriladi!
 
 
📞Murojaat uchun:
 
+998-88-960-77-77
+998-97-532-36-46