Bugun “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan kasaba uyushmalari tizimida fidokorona faoliyat yuritayotgan 39 nafar soha vakillari “Oʻzbekiston kasaba uyushmalariga 120 yil” esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
🏛 Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich va TATU kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Jamaev Sohib Bahodirovich ham ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandilar.
✅Mazkur e’tirof — TATU jamoasining fidokorona mehnati, jamoatchilik faolligi va soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yorqin ifodasidir.






