Olimpia chempioni, "O'zbekiston iftixori" ko'krak nishoni sohibi Fazliddin G'oyibnazarov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

  • Home
  • Olimpia chempioni, "O'zbekiston iftixori" ko'krak nishoni sohibi Fazliddin G'oyibnazarov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi.

🏛Shu munosabat bilan bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda TATU Nurafshon filiali bilan hamkorlikda Olimpia chempioni, "O‘zbekiston iftixori" ko‘krak nishoni sohibi Fazliddin G‘oyibnazarov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

✅Ushbu uchrashuvda faol, iqtidorli, sportga qiziqqan talaba-yoshlarimiz ishtirok etib mehmonga samimiy tilaklarini bildirdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.