Oqqo‘rg‘on tuman 1-son texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

  • Home
  • Oqqo‘rg‘on tuman 1-son texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF–158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish hamda universitet va texnikumlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Oqqo‘rg‘on tuman 1-son texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

👥 Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, texnikum pedagoglari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

💬 Tadbir davomida yoshlarning zamonaviy IT yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirish, innovatsion fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🏆 Shuningdek, texnikum o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan Dasturlash, Kompyuter grafikasi va dizayn hamda Raqamli axborotlar bilan ishlash yo‘nalishlari bo‘yicha olimpiada va hakaton g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandilar.

🎁 G‘olib va faol ishtirokchilarga sertifikatlar, esdalik sovg‘alari hamda Coursera platformasidagi onlayn kurslardan foydalanish uchun maxsus vaucherlar topshirildi.

🚀 Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda universitet va texnikum o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashga xizmat qildi.