Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va mumtoz adabiyotimizning yirik namoyandasi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

  • Home
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va mumtoz adabiyotimizning yirik namoyandasi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.



Mazkur tadbir milliy adabiyotimizning bebaho durdonalari, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni yoshlar ongiga singdirish, ularning ijodini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida yuqori saviyada tashkil etildi.

✅ Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Mirzo Karim tomonidan Navoiy va Bobur ijodining bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida mazmunli ma’ruza qilindi. Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, mumtoz qo‘shiqlar, she’riy chiqishlar hamda raqslar namoyish etilib, ishtirokchilarga katta ma’naviy zavq bag‘ishladi.

✔️Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimiz merosiga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.