Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Universitet prezidentlari xalqaro assotsiatsiya"ning delegatsiyasi tashrif buyurdi

  • Home
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Universitet prezidentlari xalqaro assotsiatsiya"ning delegatsiyasi tashrif buyurdi
 
2021-yil 11-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Universitet prezidentlari xalqaro assotsiatsiya" raisi, Kavkaz universiteti rektori – Kaxa Shengeliya, assotsiatsiya raisi o‘rinbosari, Yuqori Avstriya amaliy fanlar universiteti rektori – Djerald Reyzinger tashrif buyurdilar. Mehmonlarni TATU rektori B.Maxkamov boshchiligida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor – K.Tashev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Sadullayeva, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i J.Sultanov hamda Radio va mobil aloqa falulteti dekani X.Nosirov kutib oldilar.
Tashrif hamkorlikning muhim masalalarini muhokamasiga bag‘ishlangan muzokaralar bilan boshlandi. Unda sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, biznes informatika, robototexnika va shu kabi zamonaviy va ilg‘or yo‘nalishlarda ta’lim, tadqiqot hamda qo‘shma dasturlarni tashkil etish bo‘yicha imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tashrif davomida mehmonlar universitetda yaratilgan imkoniyatlar, xususan, ilmiy va o‘quv laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. Ular mazkur laboratoriyalari negizida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish, talabalar uchun o‘quv amaliyot va stajirovkalarini tashkil etish takliflarini ilgari surdilar. Tomonlar hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini belgilash va amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yish uchun aniq rejalarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich tadbiq etishga kelishib oldilar.