Joriy yilning 15-may sanasida Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT ta’lim assotsatsiyasi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Coursera bilan hamkorlikda tashkil qilingan "Coursera Day: The Future of AI, Learning and Work" nomli workshopda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

  • Home
  • Joriy yilning 15-may sanasida Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT ta’lim assotsatsiyasi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Coursera bilan hamkorlikda tashkil qilingan "Coursera Day: The Future of AI, Learning and Work" nomli workshopda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Coursera vakillarining qiziqarli taqdimotlari bilan birgalikda, shu kungacha Coursera platformasida eng faol bo‘lgan va bir nechta professional sertifikatlarni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash jarayoni ham bo‘lib o‘tdi.

Bunda universitetimizning 3 nafar talabasi - Ro‘ziboyev Diyorbek Normo‘min o‘g‘li, Abdug‘apparov Abubakr Abduqahhor o‘g‘li, Umirbaeva Asiya Maxmud qizilar Raqamli texnologiyalari vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Xalqaro darajadagi yangi IT bilimlar va ko‘nikmalarni egallashda talabalarimizga va professor-o‘qituvchilarimizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.