
Tadbir davomida Coursera vakillarining qiziqarli taqdimotlari bilan birgalikda, shu kungacha Coursera platformasida eng faol bo‘lgan va bir nechta professional sertifikatlarni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash jarayoni ham bo‘lib o‘tdi.
Bunda universitetimizning 3 nafar talabasi - Ro‘ziboyev Diyorbek Normo‘min o‘g‘li, Abdug‘apparov Abubakr Abduqahhor o‘g‘li, Umirbaeva Asiya Maxmud qizilar Raqamli texnologiyalari vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Xalqaro darajadagi yangi IT bilimlar va ko‘nikmalarni egallashda talabalarimizga va professor-o‘qituvchilarimizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.