Joriy yilning 13–15-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv-trening hamda amaliy evakuatsiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

  • Home
  • Joriy yilning 13–15-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida o‘quv-trening hamda amaliy evakuatsiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.



 13-fevral kuni talaba va xodimlar ishtirokida yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda evakuatsiya tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

 14–15-fevral kunlari esa o‘quv binolari va talabalar turar joylarida bosqichma-bosqich amaliy evakuatsiya mashqlari amalga oshirildi.

 Mashg‘ulotlarda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tez tibbiy yordam xizmati hamda tuman gaz xodimlari mutaxassislari ishtirok etib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi amaliy namoyish qilindi.

 Mazkur tadbir talaba va xodimlarda favqulodda vaziyatlarda vahimaga tushmaslik, tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.