“IT sohasidagi xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi forum bo'lib o'tdi

  • Home
  • “IT sohasidagi xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi forum bo'lib o'tdi

Har yili aprel oyining to‘rtinchi payshanbasida Xalqaro elektraloqa ittifoqi Xalqaro AKT sohasida qizlar kunini nishonlaydi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad qizlar va yosh ayollarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasbiy o‘sish istiqbollarini ko‘rsatishdan iborat. 2011-yildan buyon 377 000 dan ortiq qiz va yosh ayollar dunyoning 171 mamlakatida AKT sohasida Xalqaro Qizlar kunini nishonlash maqsadida 11 400 dan ortiq tadbirda ishtirok etdi.

2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi oila va xotin-qizlar qo'mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnlogiyalari universiteti tomonidan Xalqaro AKT sohasida qizlar kuniniga ba’gishlangan “IT sohasidagi xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi forumi 2023-yil 27-aprel Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnlogiyalari universiteti F bino, Majlislar zali bo’lib o’tdi.  Forumda Respublikamizning barcha OTMlardan dasturchi ayollar, pedagog, tadqiqotchilar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.    

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnlogiyalari universiteti hamda filiallaridan 50 yaqin tadqiqotchi-pedagog ayollar o’z ishlanmalari bilan qatnashishdi.