Har yili aprel oyining to‘rtinchi payshanbasida Xalqaro elektraloqa ittifoqi Xalqaro AKT sohasida qizlar kunini nishonlaydi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad qizlar va yosh ayollarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasbiy o‘sish istiqbollarini ko‘rsatishdan iborat. 2011-yildan buyon 377 000 dan ortiq qiz va yosh ayollar dunyoning 171 mamlakatida AKT sohasida Xalqaro Qizlar kunini nishonlash maqsadida 11 400 dan ortiq tadbirda ishtirok etdi.
2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi oila va xotin-qizlar qo'mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnlogiyalari universiteti tomonidan Xalqaro AKT sohasida qizlar kuniniga ba’gishlangan “IT sohasidagi xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi forumi 2023-yil 27-aprel Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnlogiyalari universiteti F bino, Majlislar zali bo’lib o’tdi. Forumda Respublikamizning barcha OTMlardan dasturchi ayollar, pedagog, tadqiqotchilar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnlogiyalari universiteti hamda filiallaridan 50 yaqin tadqiqotchi-pedagog ayollar o’z ishlanmalari bilan qatnashishdi.