IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
💻Universitetimizning Dasturiy injiniiring fakulteti talabalari Uralov Elyorbek “PostgreSQL for Everybody" va Tolibbek Dilmurodov "Google IT Support" kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatlariga ega bo'ldilar va ushbu imkoniyatni qo'lga kiritishdi.
⭐️ Elyorbek va Tolibbeklarni ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.