


🏛 Bugun, 30-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda IT Park Uzbekistan hamkorligida talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Investor’s Day” startap loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
💡 Tadbir davomida 10 dan ortiq startaper o‘z loyihalarini investorlar va ekspertlar oldida taqdim etdi.
🎉 Taqdimotlar yakunida quyidagi 7 ta loyiha investorlar tomonidan jami qariyb $100 000 (yuz ming AQSH dollari) miqdorida soft commit investitsiya jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi:
🔹 GifRS — Kenesbaev Sultanbek;
🔹 UstozHub — Bahodirov Mirafzal;
🔹 UzLab — Ibrohimov Azizbek;
🔹 ServSight — Mexmonov Anvarbek;
🔹 Safarli — Abdusalomov Hosilbek;
🔹 ZehnProtect — Anorov Rasulberdi;
🔹 Xabarnavis AI — Solijonov Abduxoliq.
👏 Barcha loyiha mualliflarini ushbu muhim natija bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!