“International Summer School 2026” dasturi doirasida Tailandning nufuzli Walailak University talabalari uchun Oqtosh o‘quv poligoniga sayohat tashkil etildi.

  • Home
  • “International Summer School 2026” dasturi doirasida Tailandning nufuzli Walailak University talabalari uchun Oqtosh o‘quv poligoniga sayohat tashkil etildi.

International Summer School 2026” dasturi doirasida Tailandning nufuzli Walailak University talabalari uchun Oqtosh o‘quv poligoniga sayohat tashkil etildi.

Tailanddan tashrif buyurgan talabalar O‘zbekistonning betakror tabiati, musaffo tog‘ havosi va go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘ldilar.

♻️ Sayohat davomida mehmonlar uchun madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Talabalar turli sport musobaqalari, jamoaviy o‘yinlar hamda faol dam olish mashg‘ulotlarida ishtirok etib, o‘zaro muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.

🤝 Dastur ishtirokchilarga xalqaro do‘stlik muhitida vaqt o‘tkazish, yangi tanishuvlar orttirish va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lish imkonini berdi.

☑️ Mazkur tashrif xorijiy talabalarga O‘zbekistonning nafaqat ta’lim va ilm-fan sohasidagi yutuqlari, balki boy tabiati, milliy qadriyatlari va mehmondo‘stlik an’analari bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.

🌍 “International Summer School 2026” dasturi xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish hamda talabalar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.