“TATUda integrallashtirilgan ta’lim olish muhitini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha protokol imzolandi

  • Home
  • “TATUda integrallashtirilgan ta’lim olish muhitini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha protokol imzolandi
2018 yil 16 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida universitet rahbariyati hamda O‘zbekistondagi KOICA ofisi rahbari tomonidan 2018-2021 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qiymati 3 mln AQSH dollarlik “TATUda integrallashtirilgan ta’lim olish muhitini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha protokol imzolandi.
Loyiha konsepsiyasida ko‘rsatilgan e-learning va e-library komponentlari nafaqat TATU axborot resurs markazi va o‘quv jarayoniga, balki, O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy qilishning strategik rejasi ishlab chiqilgan.
Koreyalik mutaxassislar tomonidan KOICA va TATU mutaxassislarining hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘zida aks ettirgan ushbu loyiha ikki qismdan iborat:

1-qism: Texnik vositalar bilan ta’minlash
2-qism. “O‘quv jarayonini tashkil etish” va “Yelektron kutubxona” tizimlarini yaratish, rivojlantirish va joriy qilish.

Loyihadan kutilayotgan natijalar:

  1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Samarqand filialining moddiy texnik bazasini rivojlantirish;
  2. Integrallashgan “O‘quv jarayonini tashkil etish” va “Yelektron kutubxona” tizimlarini joriy qilish;
  3. Ishlab chiqilgan tizimlarni TATUda sinovdan o‘tkazib orttirilgan tajriba asosida O‘zbekistonning barcha OTMlariga joriy qilish dasturini yaratish.