Dunyo universitetlar reytingida TOP-145 o‘rindan joy olgan, Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’limining yetakchi va eng qadimiy keng qamrovli universitetlaridan biri Nanjing Universiteti Bosh kotibi boshchiligidagi delegatsiya TATU ga tashrif buyurdi.

  • Home
  • Dunyo universitetlar reytingida TOP-145 o‘rindan joy olgan, Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’limining yetakchi va eng qadimiy keng qamrovli universitetlaridan biri Nanjing Universiteti Bosh kotibi boshchiligidagi delegatsiya TATU ga tashrif buyurdi.

💬 Ushbu nufuzli universitetning TATUga bo‘lgan ilk tashrifidan maqsad ikki OTM o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mos sohalarda birgalikdagi istiqbolli rejalarni muhokama etishdan iborat bo‘ldi.

🤝 Tashrif davomida universitetimizda yaratilgan imkoniyatlar, so‘nggi amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. TATU va Nanjing universiteti rahbariyati o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuv mazmunli, ijobiy ruhda bo‘lib o‘tdi va hamkorlik aloqalarini rasman o‘rnatishni ko‘zda tutgan anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.