"Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida maktab o‘quvchilari uchun hakaton tashkil qilindi.

  • Home
  • "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida maktab o‘quvchilari uchun hakaton tashkil qilindi.

Joriy yilning 25-iyul kuni Toshkent shahar Bektemir va Mirobod tumanlarida joylashgan maktab oquvchilari uchun "Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida universitet tashabbusi bilan “Junior Tech Hackathon” final bosqichi Bektemir tumanida joylashgan 358-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu hakaton 2 bosqichda o‘tkazilgan bo‘lib, 1-bosqichdan saralangan 36 nafar o‘quvchilar informatika va dasturlash bo‘yicha final bosqichida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rishdi.

“Junior Tech Hackathon” final bosqichining natijalari asosida quyidagi o‘quvchi yoshlar g‘olib deb topildilar:

🥇 Abdusamatov Ma’sud 290-son maktab 9-sinf o‘quvchisi;

🥈 Xursanaliyev Xudoyberdi 291-son maktab 7-sinf o‘quvchisi;

🥉 Komolov Bobur 290-son maktab 7-sinf o‘quvchisi.

🎉Bundan tashqari, hakatonda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’tirof etildi:

⏺Eng yosh dasturchi (o‘g‘il bola) - Ismailov Umar 290-son  maktab 7-sinf o‘quvchisi;

⏺Eng yosh dasturchi (qiz bola) - Rustamjonova Farangiz 293-son maktab 8-sinf o‘quvchisi;

⏺Eng faol va yuqori natija ko‘rsatgan maktablar: 290-, 291-, 293- va 358-sonli maktablar.

🎁Musobaqaning sovrindor o‘quvchilarga mukofotlar va universitetning 70 yillik esdalik sovg‘alari taqdim etildi.