"Game Development" sohasida Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari hisoblangan Proxy Planet, Unity va Creative factory vakillari TATUga tashrif buyurdi.

  • Home
  • "Game Development" sohasida Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari hisoblangan Proxy Planet, Unity va Creative factory vakillari TATUga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet laboratoriyalari, xususan media markaz, multimedia texnologiyalari yo‘nalishiga oid kontentlar, o‘yin bozoriga bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat yaqindan o‘rganildi.

Tashkil etilgan uchrashuvda ushbu yirik kompaniyalarning O‘zbekistonda faoliyatini ochish rejalari va universitet bilan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi.

TATU talabalarining Koreya kompaniyalarida stajirovka o‘tashi va Kompyuter injiniringi fakulteti bilan milliy ruhdagi o‘yinlarni yaratishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.