
Bugun, 18-iyun kuni, Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Global Sustainable Development Congress” (Global barqaror rivojlanish kongressi) doirasida Times Higher Education Impact Rankings 2025 natijalari e’lon qilindi.
✅ Natijalarga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) dunyo bo‘yicha eng ilg‘or TOP 1000 ta oliy ta’lim muassasasi qatoridan munosib o‘rin egalladi!
📊 Reytingning 6 ta quyidagi barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha yuqori baholandi:
🌱13-maqsad – Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash: 80-o‘rin (1089 ta OTM orasida)
🏘 11-maqsad – Barqaror shaharlar va jamoalar: 93-o‘rin
⚡️ 7-maqsad – Arzon va toza energiya: 101–200 oralig‘ida (1181 ta OTM ichida)
🌐 2-maqsad – Ochlikka qarshi kurash: 101-200 o‘rin (955 ta OTM orasida)
↘️ 1-maqsad – Kambag‘allikni qisqartirish: 301-400 o‘rin (1267 ta OTM orasida)
👨💼 8-maqsad – Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish: 301-400 o‘rin (1350 ta OTM orasida)
O‘sish sur’atlari:
📈 O‘tgan yilgi 1001–1500 diapazondan bu yil 200–500 pog‘onaga yuqorilab, universitet THE Impact Rankings’da ulkan sakrashga erishdi. Bu esa TATU’dagi strategik islohotlar, innovatsion ilmiy faoliyat va keng ko‘lamli ijtimoiy tashabbuslarning natijasi sifatida baholanmoqda.
🏛 Bu yutuq — TATU jamoasining ilmiy izlanishlarga, ijtimoiy mas’uliyatga va ekologik barqarorlik tamoyillariga sodiqligining yorqin isboti hisoblanadi.
🗒 Mazkur reytingda universitetlar BRM’lar doirasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim dasturlariga BRM’larning integratsiyasi, jamiyat bilan faol hamkorlik, ekologik va ijtimoiy tashabbuslar, hamda global hamkorlik salohiyati kabi mezonlar asosida baholanadi.
Ma’lumot o‘rnida: THE Impact reytingida 2020-yil 768 ta OTM reytingdan o‘rin olgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib 2389 taga yetdi.