Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter tizimlari kafedrasi dotsenti Hindistonning Dehli texnologik universitetida ilmiy seminarda ishtirok etdi.

  • Home
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter tizimlari kafedrasi dotsenti Hindistonning Dehli texnologik universitetida ilmiy seminarda ishtirok etdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter tizimlari kafedrasi dotsenti Abdusalomov Akmalbek Bobomirzayevich 2025-yil 7-11-iyul kunlari Hindistonning Dehli texnologik universitetida (Delhi Technological University, DTU) bo‘lib o‘tayotgan “Temperature and Dust Mapping on PVs to Reduce Carbon Footprint and Combat Global Warming by AI” mavzusidagi ilmiy seminarda ishtirok etdi.

Seminar sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or tajribalarni muhokama qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, fotoelektr (PV) tizimlardan samarali foydalanishni ta’minlash orqali uglerod izini kamaytirish va global isish muammosiga qarshi kurashishda zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Shuningdek, seminarda sohaga oid so‘nggi ilmiy va texnologik yutuqlar bilan tanishish, ilmiy va amaliy ishlanmalarni muhokama qilish, hamkorlikda tadqiqot olib borish imkoniyatlarini ko‘rib chiqildi. Seminar doirasida sohaning dolzarb muammolari va ularning zamonaviy yechimlari yuzasidan ilmiy munozaralar va tajriba almashish sessiyalari tashkil etildi.

Shuningdek, DTU va TATU o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Scopus va Web of Science (WoS) bazalarida indekslangan Q1 va Q2 kvartilli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etiladigan maqolalar sonini oshirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarda birgalikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun: Dehli texnologik univeristeti Hindistonning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, QS va THE xalqaro reytinglarda TOP 600~800 talikda qayd etilgan.