2026-yil 22-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Sun’iy intellekt falsafasi: tarixiylik va zamonaviylik dialektikasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

  • Home
  • 2026-yil 22-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Sun’iy intellekt falsafasi: tarixiylik va zamonaviylik dialektikasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.





2026-yil 22-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Sun’iy intellekt falsafasi: tarixiylik va zamonaviylik dialektikasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro anjuman Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Jismoniy madaniyat va gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida tashkil etildi. Universitetimiz professor-o‘qituvchilari anjumanda sun’iy intellekt, raqamli jamiyat va zamonaviy ta’limning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.

Anjuman davomida:
🔹 sun’iy intellektning tarixiy genezisi va raqamli tadqiqot metodlari;
🔹 inson va texnologiya o‘rtasidagi munosabatlar;
🔹 zamonaviy ta’lim tizimida yangi didaktik yondashuvlar;
🔹 raqamli hukumat va raqamli iqtisodiyotda intellektual tizimlarning o‘rni kabi muhim mavzular muhokama qilindi.


Tadbir doirasida universitetimiz vakillari Qozog‘istonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari olimlari bilan ilmiy tajriba almashib, gumanitar fanlar va sun’iy intellekt integratsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.