2025-yil 10–16 noyabr kunlari sportning muay-tay turi bo‘yicha kattalar va o‘smirlar U-23 o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etdi.

  • Home
  • 2025-yil 10–16 noyabr kunlari sportning muay-tay turi bo‘yicha kattalar va o‘smirlar U-23 o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etdi.

2025-yil 10–16 noyabr kunlari sportning muay-tay turi bo‘yicha kattalar va o‘smirlar U-23 o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida universitetimiz Televizion texnologiyalari fakulteti 530-24 guruh talabasi, xalqaro toifadagi sport ustasi Orifov Akobir Jobir o‘g‘li munosib ishtirok etdi.

🥉 75 kg vazn toifasida ketma-ket 4 ta jangni muvaffaqiyatli yakunlab, u Osiyo miqyosidagi nufuzli musobaqada faxrli III-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

😀 Yosh sportchi III-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Bu yutuq — nafaqat shaxsiy g‘alaba, balki butun universitetimiz jamoasi uchun ham katta faxr va motivatsiya manbai bo‘ldi.

✨ Universitet jamoasi Akobir Orifovning ushbu ulkan natijasini qizg‘in tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda yanada yuksak marralarni zabt etishini tilab qoladi!