Mehnat huquqlari va zamonaviy ish imkoniyatlari seminari

  • Home
  • Mehnat huquqlari va zamonaviy ish imkoniyatlari seminari

Yoshlar kuni munosabati bilan talablarni bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

💻 2026-yil 26-mart kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, Inson resurslari (HR) bo‘limi hamda “Kelajakka qadam” markazi vakillari shuningdek, Team Lead Startup, Software Engineer Sukhrob Abdullayev ishtirokida "Mehnat huquqlari, rezyume tayyorlash, frilans va masofaviy mehnat imkoniyatlari" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

👥 Uchrashuvda bitiruvchi talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, bugungi kunda ularning bandligini ta’minlash borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar atroflicha yoritildi. Xususan, mehnat bozoridagi zamonaviy talablar, Ish topishning zamonaviy yo‘llari, samarali rezyume tuzishning muhim jihatlari, frilans va masofaviy ish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek startap va biznes g‘oyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘llari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

✅Shuningdek, Davlatimiz Rahbarining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorida belgilangan vazifalar, bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida "O‘zmilliybank" AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Mazkur tadbir bitiruvchi talabalar uchun katta amaliy ahamiyat kasb etib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi. Uchrashuv orqali talabalar mehnat bozorining real talablari, ishga joylashishning samarali mexanizmlari hamda zamonaviy kasblarga moslashish yo‘llari haqida muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Last Update: 23.06.2026 13:57