“Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi

  • Home
  • “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi

2025-yil 17-dekabr kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida “O‘zmilliybank” AJ va “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan hamkorlikda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu tadbirda, 2025-yil 14-fevraldagi Davlatimiz Rahbarining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorida belgilangan vazifalar hamda bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar paketi, imtiyozli kreditlar va yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar bilan talabalar yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

Last Update: 23.06.2026 13:48