Yangiliklar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kibersport bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi bo‘ldi

Menu | 07-05-2024 | 09:59

Final bosqichida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “TATU” jamoasi bir qancha universitetlarning birlashmasidan tuzilgan “SS SPOT” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioniga aylanishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari talabalari diqqatiga!

Menu | 07-05-2024 | 09:56

💻 2024-yilning 20-24-may kunlari “TUIT bright future week” haftaligi bo‘lib o‘tadi. Unda talabalar turli musobaqalar, hakatonlar, tanlovlar, ko‘rgazma va albatta ko‘ngilochar dasturlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Joriy yilning 2-4- may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan "G‘alaba bog‘i" hududida “MSITF” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazildi.

Menu | 07-05-2024 | 09:49

✅ Joriy yilning 2-4- may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy texnik innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ratsionalizatorlik ishlanmalarni keng joriy qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahridagi "G‘alaba bog‘i" hududida “MSITF” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazildi.

Belgilangan o‘quv grafigiga muvofiq, Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari uchun joriy yilning 22-aprelidan bitiruv oldi amaliyoti boshlangan edi.

Menu | 07-05-2024 | 09:45

Mutaxassislik fanlarini chuqur egallashda nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishi inobatga olinsa, mazkur bitiruv oldi amaliyoti talabalar akademik o‘qish davri mobaynida alohida o'rin egallaydi.

TATUning 1 - kurs talabasi2024-yilning 22-26-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan an'anaviy XIV Yevrosiyo yoshlar iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan "Innovatsion Yevrosiyo" Xalqaro ilmiy-amaliy olimpiyadasida 1-o'rin bilan taqdirlandi.

Menu | 07-05-2024 | 09:39

✅ 2024-yilning 22-26-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan an'anaviy XIV Yevrosiyo yoshlar iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan "Innovatsion Yevrosiyo" Xalqaro ilmiy-amaliy olimpiyadasida Radio va mobil aloqa fakulteti talabasi Qudratillayev Meirbek "Цифровые решения для здравоохранения: экономическая эффективность и доступность" mavzusidagi loyihasi bilan chiqish qilib faxriy 1-o'rin bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 4–5-may kunlari TATU da "Low Code"ga asoslangan Hakaton turniri bo‘lib otdi.

Menu | 06-05-2024 | 12:29

Musobaqada talaba yoshlar, Backend, Frontend dasturchilar va dizaynerlar ishtirok etdilar. Hakatonda 19 ta jamoa (jami 53 ta ishtirokchilar) o'z loyihalarini taqdim etdilar.