Yangiliklar

TATU doktoranti Buriboyev Abror Shavkatovich Janubiy Koreyaning Konkuk universitetining “Intelligent Robotics and Autonomous System Control Lab – IRASC” ilmiy tadqiqot laboratoriyasida 2024-yilda 6 oy muddatga ilmiy stajirovka grantini qo'lga kiritdi. 

Menu | 22-04-2024 | 09:19

💸 Grant miqdori 16200 AQSh dollari bo'lib, tadqiqot natijalarini chop etish, oylik maosh, aviachipta, sug'urta va yashash harajatlari bilan bog'liq barcha harajatlarni to'liq qoplaydi.

🗓 2024-yil 19-aprel kuni dunyoning TOP-300 talik ro‘yhatiga kirgan Sankt-Peterburg davlat universitetining malakali professorlari (akademik Bogdanov A.V., professor Degtyarev A.B.) universitetga tashrif buyurdi va universitetning Kompyuter injiniringi fakulteti F binosida master-klass bo‘lib o‘tdi.

Menu | 22-04-2024 | 09:15

🗒 Bunda professorlar tomonidan "Raqamlashtirish istiqbollari va muammolari" va "Sun’iy intellektda matematika, algoritmlash va dasturlashning o‘rni" kabi mavzularda taqdimot qilindi.

Job & Edu Fest 2024 mehnat va ta'lim yarmarkasida TATUning qator ma'sul hodimlari mavjud bo'sh ish o'rinlari hamda ilmiy ishlanmalar bilan ishtirok etdi

Menu | 20-04-2024 | 17:27

Raqamli texnologiyalari vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Job & Edu Fest 2024 mehnat va ta'lim yarmarkasida TATUning qator ma'sul hodimlari mavjud bo'sh ish o'rinlari hamda ilmiy ishlanmalar bilan ishtirok etdi va ishtirokchilarni TATU haqida qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Menu | 18-04-2024 | 20:33

Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o‘rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.