Yangiliklar

Odoo bo'yicha rasmiy taqdimot va Kevin Farah ishtirokida Workshop'ga taklif qilamiz

Menu | 10-06-2024 | 09:49

UIC Group hamkorligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Odoo platformasining rasmiy taqdimoti va Kevin Farah ishtirokida workshop o'tkazilishini e'lon qilamiz.

TATU delegatsiyasi Tailandning Walailak universitetiga tashrif buyurdi.

Menu | 08-06-2024 | 09:37

💬 Mazkur tashrifda TATU rahbariyati va Walailak universitetini prezidenti Dr.Prof. Sombat Thomrongthanyawonglar ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

TATU hududida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishga doir amaliy-ko‘rgazmali o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Menu | 07-06-2024 | 18:29

✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda aholini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishga doir amaliy-ko‘rgazmali o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

TATUga Qirgʻiziston iqtisodiyot universiteti (KEU)ning 24 kishidan iborat talabalar va ularning koordinatorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Menu | 07-06-2024 | 18:25

Joriy yilning 3-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Musa Riskulbekov nomidagi Qirgʻiziston iqtisodiyot universiteti (KEU)ning 24 kishidan iborat talabalar va ularning koordinatorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

TATUda “Sun’iy intellekt ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga kiritilgan  fanlarni o‘qitish metodikasi, oquv dasturlari va sillabuslari muhokamasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Menu | 03-06-2024 | 09:59

💬  Ushbu seminar-treningda O‘zbekistondagi yetakchi OTMlaridan 30dan ortiq olimlar ishtirok etishdi hamda zamonaviy texnologiyalarni turli sohalarga joriy etish, IT texnologiyalarini qo‘llash, sun’iy intellektdan muvafaqqiyatli foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

TATUga Rossiya Federatsiyasining Perm davlat milliy tadqiqot universitetining professor-o’qituvchilaridan tarkib topgan delegatsiya tashrif buyurdi.

Menu | 31-05-2024 | 09:10

💬 Tashrif davomida ikki universitet o’rtasida ta'lim integratsiyasi bilan bog'liq hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, akademik mobillik hamda ilmiy yo’nalishlarda faol mexanizmga asosan faoliyat olib borish, shuningdek, "Biznes analitika va moliyaviy rivojlantirish" ta'lim yo'nalishida 2+2 dasturini yo'lga qo'yish, magistraturada 1+1 dasturini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.