Yangiliklar

TATUda “Sun’iy intellekt ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga kiritilgan  fanlarni o‘qitish metodikasi, oquv dasturlari va sillabuslari muhokamasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Menu | 03-06-2024 | 09:59

💬  Ushbu seminar-treningda O‘zbekistondagi yetakchi OTMlaridan 30dan ortiq olimlar ishtirok etishdi hamda zamonaviy texnologiyalarni turli sohalarga joriy etish, IT texnologiyalarini qo‘llash, sun’iy intellektdan muvafaqqiyatli foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

TATUga Rossiya Federatsiyasining Perm davlat milliy tadqiqot universitetining professor-o’qituvchilaridan tarkib topgan delegatsiya tashrif buyurdi.

Menu | 31-05-2024 | 09:10

💬 Tashrif davomida ikki universitet o’rtasida ta'lim integratsiyasi bilan bog'liq hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, akademik mobillik hamda ilmiy yo’nalishlarda faol mexanizmga asosan faoliyat olib borish, shuningdek, "Biznes analitika va moliyaviy rivojlantirish" ta'lim yo'nalishida 2+2 dasturini yo'lga qo'yish, magistraturada 1+1 dasturini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

“Talabalar ligasi” hamda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Menu | 29-05-2024 | 09:22

🏆 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda qo‘shgan hissasi, samarali mehnati uchun vazirlik nomidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori va universitet jamoasini vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi, musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdi.

Shanghay shahrida bo‘lib o‘tayotgan 21-Shanghay ta’lim forumida Raqamli texnologoyalar vazirligi vakillari ishtirok etmoqda

Menu | 29-05-2024 | 09:12

Tadbir oxirida xorijiy mutaxassislar joriy yilda sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “ICTWeek-2024” AKT haftaligiga taklif qilindi.

TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiyaning Okinava JICA va Fujitsu Co.Ltd. xalqaro markazida qariyb besh oy davom etgan trening kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

Menu | 29-05-2024 | 09:05

TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish” grant dasturi doirasida Yaponiyaning Okinava JICA va Fujitsu Co.Ltd. xalqaro markazida qariyb besh oy davom etgan trening kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va IT sohasiga jalb qilish maqsadida 50 foizlik ta’lim grantini e’lon qilamiz!

Menu | 27-05-2024 | 10:16

❗️ 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ushbu imkoniyatdan foydalanib, ariza topshira oladi.