Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

10-12-2020 | 11:01

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonun bilan tasdiqlangan.

Vazirlik stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlandi

09-12-2020 | 15:26

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020-2021 o‘quv yili uchun Vazirlikning stipendiyasiga nomzod boʻladigan oʻquvchi va talabalarning hujjatlarini qabul qilishni  boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami munosabati bilan TATU rektorining tabrigi

08-12-2020 | 00:49

Barchangizni yaqinlashib kelayotgan ulugʻ ayyom – mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

“YANGI OʻZBEKISTON VA BARQAROR KONSTITUTSIYAVIY TARAQQIYOT”

08-12-2020 | 00:45

7-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligiga bagʻishlab, “Yangi Oʻzbekiston va barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti B.Boboyorov maʼruza qildi.   

TATU hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻrtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

05-12-2020 | 14:49

Yunusobod tumanidagi 250-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 2020-yil 3-dekabr kuni kafedra mudiri, professor I.X. Siddikov boshchiligida kafedra aʼzolaridan dotsent Sattarov X.A., assistent Saidova G.E. va kafedra doktoranti Xasanov D. lar tashrif buyurdi.

TATUda Oracle kompaniyasi vakillari ishtirokida “Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari Oracle APEX, Oracle Cloud, Java Fundamentals” onlayn darslar tashkil etildi

05-12-2020 | 13:18

Joriy yilning 1-noyabridan boshlab Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oracle Akademiyasi bilan hamkorlikda “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Oracle APEX, Oracle Cloud, Java Fundamentals” onlayn darslari tashkil etildi.