Yangiliklar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hududida “Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, is gazidan zaxarlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

21-07-2022 | 08:36

Toshkent shahar Yunusobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Askar Kenjaqulov so'zga chiqib, bugungi kunda Respublikamiz hududida sodir bo‘layotgan Favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari kichkina e’tiborsizlik sababli butun boshli yashash binolari yoki ishlab chiqarish zonalari bir zumda yonib kul bo‘layotganligi, so‘ngi yillarda yong‘inlar va is gazidan zaxarlanish ko‘payib borayotganligi, buning oqibatida insonlar turli darajada tan jarohat olib hayotlari uchun xavfli holatla

“Eng yaxshi yosh olimlar-2022” MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilagan loyihasida faol ishtirok etib, Qozogʻiston olimlar kongressi tomonidan 1-darajali diplom hamda medal bilan taqdirlandi.

20-07-2022 | 13:44

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Dasturiy injiniringi” fakulteti “ 3-bosqich talabasi Sulaymonov Davron Begimqul o’g’li Qozogʻiston Respublikasining Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan “Eng yaxshi yosh olimlar-2022” MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilagan loyihasida faol ishtirok etib, Qozogʻiston olimlar kongressi tomonidan 1-darajali diplom hamda medal bilan taqdirlandi.

"TATU" sport sog'lomlashtirish va dam olish maskanida Team Building o'tkazildi.

19-07-2022 | 21:06

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va rahbar xodimlari ishtirokida 2021-2022-o‘quv yili sarhisobi, yangi o‘quv yili rejalari hamda ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil qilish maqsadida "TATU" sport sog'lomlashtirish va dam olish maskanida Team Building o'tkazildi.

Erasmus+ dasturi doirasidagi MechaUz (Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology) loyihasi doirasidagi seminarlar, uchrashuvlar va trening haftaligida ishtirok etmoqdalar.

18-07-2022 | 18:13

Uchrashuvning birinchi kunida TBTA va DT kafedrasi professor-o‘qituvchisi U.Xamdamov mazkur loyiha doirasida mexatronika va robototexnika sohasidagi ta’lim va tadqiqot ishlari yuzasidan TATUda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi.

Yana bir iqtidorli talabamizning sport sohasidagi yutuqlari

18-07-2022 | 14:45

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Kompyuter injiniringi fakulteti 2-bosqich talabasi Mamurov Xolmurod Bakirovich sportning 🏈Regbi-7 turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida (U-20) bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida faxrli 1-o'rinni egalladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari Erasmus+ KA107 Staff Mobility dasturi bo'yicha Avstriya davlatining Klagenfurt universitetiga tashrif buyurishdi.

18-07-2022 | 08:46

Tashrifdan asosiy maqsad universitetlar o'rtasida tuzilgan kelishuvlarni bajarilishi va yangi kelishuvlar tuzishdan iborat. Shuningdek, Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda umumiy qo'shma loyiha tayyorlash kelishib olinib, birlamchi fikrlar o'rganib chiqildi.