Yangiliklar

"FutureSkills University" loyihasi doirasida onlayn o'quv seminarida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.

25-06-2022 | 16:47

Ushbu seminar “Virtual va kengaytirilgan reallikni rivojlantirish” va “Bulutli texnologiyalar” kompetentsiyalari bo‘yicha o‘quv intensivligi va xalqaro startap laboratoriyalari ta’lim amaliyotlari va ilmiy ishlanmalar almashinuvi yo‘nalishida universitetlar bilan tarmoq hamkorligini shakllantirishga qaratilgan.

KOICA agentligining Yevrosiyo bo'yicha direktori bilan uchrashuv

24-06-2022 | 11:30

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari KOICA agentligi bosh ofisiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida agentlikning Yevrosiya bo'yicha direktori JO, Haeng Lan bilan muzokara o'tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster universitetida bo‘lib o‘tgan “HR Analytics” seminarida faol qatnashdi.

24-06-2022 | 09:02

Mazkur seminarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida “HR Analytics” amaliyotini tatbiq etish istiqbollarini o‘rganish va ish jarayonida HR tahlilidan foydalanishning afzalliklari va imkoniyatlari o‘rganilib chiqildi.

KOOKMIN universiteti Boshqaruv kengashi raisi Jiyong Kim bilan uchrashuv

23-06-2022 | 23:31

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya KOOKMIN universiteti boshqaruvi raisi Jiyong Kim bilan uchrashdi. Boshqaruv raisi ikki universitet o'rtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalariga alohida baho berib, bu har ikki mamlakat oliy ta'lim tizimining globallashuvi va xalqarolashuvi uchun qo'shilayotgan qimmatli hissa ekanligini ta'kidladi.

Ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi Ziyo Forum tomonidan o'tkazilgan O'zbekistonning "Top - 100 talaba lideri" loyihasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

23-06-2022 | 15:09

Eng quvonarlisi O'zbekistonning "Top - 100 lider talabasi" qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Mahmudova Oysaraxon AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-bosqich talabasi, "Almanaxi" jamoasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali 3-bosqich talabasi va Farg'ona viloyati "Kelajak Liderlari" klubi a'zosi Yetmishboyev Shaxzodbek Ma'murjon o'g'li ham o'rin oldi.

Said Axmad va Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodiga bag'ishlangan navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi.

23-06-2022 | 09:49

Mazkur tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.