Yangiliklar

"Yoshlar o'rtasida odam savdosi jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashish" mavzusida professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi

03-06-2022 | 10:14

Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimi A.Shukurov, Toshkent IIBB Odam savdosiga qarshi kurashish bo'limi katta tezkor vakili Z.Abdurahmonov va Toshkent shahar tumanlararo teri tanosil kasalliklari dispanseri shifokori V.Baratovalar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda muhim qadam bo‘lganini ta’kidlab o‘tdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-TTJda "Balli qizlar" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi

03-06-2022 | 00:15

Bir-biridan iqtidorli qizlar g'oliblik uchun bellashishdi. To'rtta shartdan iborat bellashuv ishtirokchilarni astoydil mehnat qilishga undadi. G'oliblik uchun bo'lgan kurashda qizlar o'zaro tajriba almashdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Xotin qizlar kengashi tomonidan "Ma'rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo'li" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

02-06-2022 | 17:51

Davra suhbatini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti "Fizika" kafedrasi dotsenti Raxmatullayeva Moxiraxon Fayzullayevna olib bordilar. O'z nutqlarida o'zining ibratli hayot yo'llari, shu dargohda ilk faoliyatlarini, ilmiy-tadqiqot izlanishlarini, hayot faoliyatlarini hamda oiladagi tarbiya intizomlarini so'zlab berdilar.

Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi forum bo'lib o'tdi

02-06-2022 | 12:52

🏛2022-yil 2-iyun kundagi forumda “Yevropa va va Osiyoda infrastrukturani va raqamli hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi yalpi sho‘basida Muhammad al-Xorzamiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov nutq so‘zladi hamda muhokamalarda ishtirok etdi.

Said Axmad va Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

02-06-2022 | 09:34

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti TATU-BDIRU qo'shma axborot texnologiyalari fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari Adiblar xiyobonida Said Axmad va Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

БОЛАЖОНЛАР БИЗНИНГ КЕЛАЖАГИМИЗ ВА БАХТИМИЗ

01-06-2022 | 19:00

Бугун, 1-июнь “Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни” муносабати билан, Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети Қарши филиалида “Болажонлар бизнинг келажагимиз ва бахтимиз” мавзусида маданий-маърифий тадбир ўтказилди.