Yangiliklar

2021-yilda bir nechta mezonlar asosida o'tkazilgan oliy ta'lim muassalarining reytingida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining natijalarini ko'rib o'tish mumkin.

27-09-2022 | 14:34

Ushbu jadvallarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yilda bir nechta mezonlar asosida o'tkazilgan oliy ta'lim muassalarining reytingida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining natijalarini ko'rib o'tish mumkin.

“Android dasturchilarda ko'p uchraydigan xatolar va Augmented Reality va AR Core SDK” mavzularida master-class bo'lib o'tdi

26-09-2022 | 10:27

Mazkur tadbirda AQSHning “Jafton” kompaniyasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali dasturchilar o'zlarining faoliyatlari davomida shu sohada orttirgan bilim va tajribalari, izlanishlari hamda IT sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan o'rtoqlashdilar. O'z navbatida tadbirga kelgan yosh mutaxassislar va talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha kerakli tavsiyalar hamda talabalarning mavzuga oid bo‘lgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

"Kompyuter injiniringi" fakultetining yangi o‘quv binosini ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

25-09-2022 | 10:25

Yuz nafardan ziyodroq qatnashchilarga o'zbek milliy taomi-palov tortildi. Bir piyola choy ustida bo'lgan samimiy suhbat davomida yoshi ulug' ustozlar duoga qo'l ochib, universitetning keyingi faoliyatiga zafarlar tiladilar.

2022-yil 23-sentabr kuni Universitetning yana bir yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

23-09-2022 | 18:25

Bugun tashkil etilgan yangi o‘quv binoning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov boshchiligida Vazirlikning mutasaddi xodimlari, AKT soha korxonalari va tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdilar.

TATU Nukus filialida Qoraqalpog'iston Respublikasidagi eng katta mediamarkaz tashkil qilinadi.

23-09-2022 | 08:43

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali openbudget.uz portaliga filialda umumiy qiymati 500 000 000 so'mlik mediamarkaz tashkil qilish tashabbusini joylashtirgan va yakunda loyiha g'olib deb topilib, bugungi kunda loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.

O'zbekiston davlat san'at muzeyiga tashrif buyurishdi

22-09-2022 | 14:06

1918 yilda tashkil etilgan bu muzeyda 1500 xil dan ortiq eksponatlar bilan mavjud bo’lib ular bilan talabalar yaqindan tanishishdi.