Ochiq muloqotda Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov sohadagi yangiliklar haqida so‘zlab, yoshlar bugungi yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishlari, asosiy maqsad bilim olish bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, axborot texnologiyalari va harbiy yo‘nalish o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirilib, bugungi kunda IT ning mazkur sohadagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tildi.
C1 darajada chet tillarini bilgan yoshlarimiz yuqori daromadli ishga ega bo’lishlari aniq, Xalqaro imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilishi yo’lga qo’yilgan bo’lsada, lekin sertifikat olayotgan yoshlarimiz soni yetarli emas. Bu xizmat haqida eshitganmisiz?
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov ishtirok etib, ushbu qoʻlga kiritilgan mukofot bilan talabalarni tabrikladi hamda ularning kelgusida rejalashtirgan loyiha va tanlovlarda ishtirokida muvaffaqiyat tiladi.
Dastur raqamli innovatorlarga taʼlim olish, ekspertlardan maslahat so‘rash, shuningdek moliyalashtirish imkoniyatini taklif etadi!
🙋 Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan ko'rgazmada maktab o'quvchilariga axborot texnologiyalari, robototexnika va sun'iy intellekt yo'nalishlari bo'yicha Universitetda ishlab chiqilgan ishlanmalar namoyish etildi va o'quvchilar bilan suhbatlar tashkil etildi.
✅ Bugun, 11-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida universitetmiz bitiruvchilariga ish beruvchilardan biri bo'lgan "UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi" tomonidan tashkil qilingan o'quv auditoriyasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.