Yangiliklar

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar diqqatiga!

06-11-2019 | 04:37

Sizni Davronbekov Dilmurod Abdujalilovichning 05.04.02 – «Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari a qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Radiotexnik tizimlar elementlarining ishonchliligini ta`minlash tamoyillari va usulalri» mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasiga taklif etamiz.

Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlar diqqatiga!

05-11-2019 | 03:59

Sizni Xamdamov Utkir Raxmatillayevichning 05.04.01 – «Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Telekommunikatsiya raqamli tizimlarida ko‘p o‘lchovli signallarga veyvlet-funksiyalar yordamida parallel ishlov berish modellari va algoritmlari» mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasiga taklif etamiz.

TАTUda “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar - 2019” nomli xalqaro ilmiy-texnik anjuman boʼlib oʼtmoqda

04-11-2019 | 14:55

Bugun, 4 noyabrь kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Informatika va kommunikatsion texnologiyalar 2019 (ICISCT 2019) nomli xalqaro ilmiy-texnik anjumanga boshlandi.

TATUning professor-oʼqituvchilari “Repost” - talabalar media-festivalida ishtirok etishdi

01-11-2019 | 10:14

Joriy yilning 31-oktabr va 1-nayabr kunlari Rossiya Federatsiyasining M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida tashkil etilgan “Repost” - talabalar media-festivali boʼlib oʼtdi. Talabalar media-festivalidan koʼzlangan maqsad - yosh, iste'dodli talabalarning media sohasidagi ijodiy ishlarini qo'llab – quvvatlashga hamda talabalar orasida kommunikativ aloqalarni rivojlantirish va talaba-yoshlar tajriba almashish uchun yagona axborot muhitini yaratish hisoblanadi.

Mo'ynoqda "Future Muynak" IT markazi ochildi

01-11-2019 | 07:25

Mo'ynoq tumanida O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining tashabbusi asosida "Future Muynak" IT markazi va Book cafe ob'ektlari foydalanishga topshirildi. Bu haqida TATU Nukus filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Talabalar diqqatiga!

01-11-2019 | 03:43

Oliy ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya universitetlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va oliy ta’limda kreativ tadbirkorlik va innovatsion ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida 2019-2020 yillarda “Creative Spark” dasturida ishtirok etish uchun talabalar qabuli e’lon qilinadi.